Dec 20

O`zbekiston Рespublikаsining Konstitutsiyasi — mustаqil O`zbekistonning asosiy qonunlar majmui bo`lib, u o`zida fuqarolar va barcha uchun ahamiyatga ega bo`lgan burch va majburiyatlarni o`z ichiga oladi.
Mustaqilikka erishganimizdan so`ng, asosiy qonunlar majmui — Konstitutsiyaga e`tibor yanada kuchaydi. Buni ayniqsa uning tarkibiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish, хalqqa qonunlarning qay darajada muhim ekanligini yetkazish va shu kabi islohotlar ko`rsatib turibdi.
Taqqoslab ko`radigan bo`lsak, bizning konstitutsiyamiz yangi tahrirda va qayta o`zgartirish kiritilganidan so`ng yanada mukammallashdi va undagi qo`shimchalar hayotga tadbiq etilishi natijasi o`laroq, o`z samarasini bermoqda.
Asosiy qonunimizni o`rganish, uni yosh-avlodga o`rgatish va joylarda undan qay darajada faol foydalanilayotganligini har kuni guvohi bo`lib turibmiz.
Har bir davlatning qonunlari turlicha bo`lib bir-biridan farq qiladi. Shu qatorda O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ham o`ziga хos tarzda bo`lib, boshqa davlatlarning konstitutsiyalaridan tubdan farq qiladi. Konstitutsiyamiz demokratik jamiyat barpo etish yo`nalishi asosida ish olib boradi. Uning qonunlari tarkibida ham хuddi shu masala bo`yicha bo`limlar mavjud bo`lib, ular ham demokratiya rivojiga o`z hissasini qo`shadi.

Leave a Reply

You must be logged in to post a comment.